Tushda zanjir | Тушда занжир

Z

ZANJIR (ZANJIR) — Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi zanjir gunoh va ma’siyatdir. Agar zanjirni urib, otib yuborganini ko‘rsa, gunohdan tavba qilishi va Xudoyi ta’ologa qaytishiga dalildir. Jobirning aytishicha, kimki bo‘ynida zanjir borligini ko‘rsa, yelkasida qarzi borligiga dalildir. Agar qo‘llarida zanjir borligini ko‘rsa, birovlarning qo‘llaridagi molga qo‘l uzatishi va haromdan qo‘rqmasligiga dalildir. Agar oyoqlarida zanjir borligini ko‘rsa, odamlarning uylarida ma’siyat va buzuq ishlarni qilishiga dalildir.