Tushda kumush | Тушда кумуш

K

KUMUSH (NUQRA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, ko‘p odamlar tushida kumush ko‘radilar, o‘ngida ham kumush topadilar, ko‘pincha zahmatga tushadilar. Tushda kumush ko‘rish to‘g‘ri xabarga dalil bo‘ladi. Singan kumush yolg‘on xabarga dalildir. Agar cho‘ntagida kumush borligini ko‘rsa biror narsani omonat sifatida unga qo‘yishlariga dalildir. Agar tushida kosa, oftoba yoki jomni kumushdan ekanini ko‘rsa, molga dalil bo‘ladi. Agar hisobsiz kumush topganini ko‘rsa, xazina topishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida kumushi juda ko‘pligini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kumush to‘rt narsani bildiradi: xotinni; boylikni va maishatni.