Tushda kotibalik, dabirlik | Тушда котибалик, дабирлик

K

KOTIBALIK, DABIRLIK (DABIRIY) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida dabirlik qilayotganini ko‘rsa, murdalarning molini hiyla bilan tortib olishi va qilish mumkin bo‘lmagan ishlarni qilishiga dalildir. Tushida podshohga dabirlik qilayotganini ko‘rsa, podshoh qavmidan foyda topishini bildiradi. Tushida oddiy xalkqa dabirlik qilayotganini ko‘rsa, odamlarning ko‘nglini o‘ziga rom qilishiga dalildir. Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida yozuvchi (kotib) bo‘lganini ko‘rsa, odamlar rizqini makru hiyla bilan qo‘lga kiritishini bildiradi. Agar dono dabir tushida dabirlik qilayotganini ko‘rsa, ko‘p xayru manfaat topishiga dalildir. Tush sohibi amaldor kishilardan bo‘lsa, ishdan ketishiga dalil bo‘ladi. Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushda Qur’oni Karim va hadislarni kotib bo‘lib ko‘chirayotganini ko‘rsa, u dunyo xayru manfaatlarini topishiga dalildir. Tushida xat yozib berayotganini ko‘rsa, siyohu qalami soz bo‘lsa, hujjat yozib berishiga dalildir. Tushida yozgan narsalarni shari’atga zid bo‘lsa, oqibati yomon bo‘lishini bildiradi.