Tushda kishan solmoq| Тушда кишан солмок

K

KISHAN SOLMOQ (BAND NIHODAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, oyog‘ida kishan borligini ko‘rsa, qo‘rquv va xavfda qolishiga dalildir. Agar oyog‘ida ikkita kishan borligini va o‘zi masjidda ekanini bilsa, dinda va namozda yoki g‘azavotda yoki din ishlarini yaxshilaydigan birorta ishda mustahkam va barqaror bo‘lishiga dalildir. Agar o‘z oyog‘ida kishan borligini ko‘rsa va safarga jo‘nayotganini bilsa, o‘sha safardan qaytishi va borgan joyida muqim bo‘lib qolishiga dalildir. Kishan qanchalik mahkam va qattiq bo‘lsa, u yerda muqim bo‘lib qolishi shunchalik ko‘proq bo‘ladi. Agar kishan po‘latdan ekanini ko‘rsa, avval yuqorida zikr qilgan ta’birlarga taalluqlidir. Agar kishanni arqondan ekanini ko‘rsa, uning muqim bo‘lib qolishi din uchun ekanini ko‘rsatadi. Agar uning kishani yog‘ochdan ekanini ko‘rsa, uning muqim ekani dinning buzilishi uchun ekanini bildiradi. Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, bemor kishi oyog‘ida kishan borligini ko‘rsa, bemorlikdan qutulishiga dalildir. Podshoh o‘z oyog‘ida kishan borligini ko‘rsa, podshohligi mustahkam bo‘lishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda kishanni ko‘rmoq uch narsaga dalildir: dinda barqarorlikka; xotin olishga va safardan qaytishiga.