Tushda kavsar hovuzi | Тушда кавсар ховузи

K

KAVSAR HOVUZI (HAVZI KAVSAR) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, agar tushida qiyomat bo‘lganini va xalqni Kavsar hovuzi tomon chaqirayotganlarini ko‘rsa, bir podshohning paydo bo‘lishi va xalq orasida adolat paydo qilishiga dalildir. Agar tushida Kavsar hovuzidan bir piyola ichganini ko‘rsa, uning o‘limi musulmon bo‘lgan holda yuz berishiga dalildir. Agar tushida Kavsar hovuzi atrofida ayolanayotganini, suv so‘rayotganini, lekin suv bermayotganlarini ko‘rsa, Payg‘ambar alayhissalom do‘stlarining dushmani bo‘lishiga dalildir. Agar tushida Payg‘ambar alakhissalomning Kavsar suvidan berganini va undan ichganini ko‘rsa, Payg‘ambar alayhissalom sharofatidan bahramand bo‘lishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida o‘z nomini Kavsar hovuziga yozilganini, bir piyola suv olib, undan ichganini ko‘rsa, bir olim bilan uchrashib, undan ikki olam manfaatini topishini bildiradi. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida Kavsar suvidan ichganini, biroq suvning tiniq emasligini ko‘rsa, tush ko‘ruvchining munofiq hamda Qur’on va hadislardan benasib ekanligiga dalildir. Agar tushida Kavsar hovuzini ko‘rsa va u hadislarda aytilgandek ekanini bilsa va undan suv ichsa, Xudoyi ta’olo oldida uning qadri va e’tibori borligiga dalil bo‘lib, din ulug‘laridan biriga aylanishini bildiradi.