Tushda kalta nayza | Тушда калта найза

K, N

KALTA NAYZA (HARBA) — HARBA — bu kalta nayzadir. Agar tushida kalta nayzaga ega ekanini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar xotini bo‘lmasa mol topadi. Agar kalta nayza bilan birgalikda boshqa qurollarga ham ega ekanini tush ko‘rsa, ulug‘lik va obro‘ topishiga dalildir. Agar podshoh unga kalta nayza berganini ko‘rsa, podshoxdan manfaat yetishini bildiradi. Agar o‘zining kalta nayzasini birovga berganini ko‘rsa, unga o‘sha kishidan biror narsa yetishiga dalildir. Agar qo‘lida kalta nayza borligini va u kalta nayza singanini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topishini bildiradi. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi kalta nayza olti narsani bildiradi: manmanlikni; valiylikni; umrni; zafarni; rahbarlikni va manfaatni.