Tushda jiyda | Тушда жийда

J

JIYDA. (SINJID) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi jiyda qiyinchilik bilan qo‘lga keladigan halol va toza moldir. Agar tushida jiyda sotayotganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, halol molni qo‘lga kiritishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiyning aytishicha, daraxtdan jiyda yig‘ayotganini ko‘rsa, badfe’l bir odamdan mol hosil qilishiga dalildir. Agar jiyda yeyayotganini ko‘rsa, ayolga mol nafaqa qilishiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha tushdagi jiyda uch narsani bildiradi: mol hosil qilishni; qo‘lga mol kiritishni; badfe’l bir odamdan foyda olishni.