Tushda bo’ynini uzish yoki boshini olish | Тушда буйнини узиш ёки бошини олиш

B

BO‘YNINI UZISH YOKI BOShINI TANIDAN JUDO QILISH (GARDAN ZADAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida bo‘yniga urib, boshini tanidan judo qilganlarini ko‘rsa, agar qul bo‘lsa ozod bo‘lishi, bemor bo‘lsa, shifo topishi, qarzi bo‘lsa, qarzidan uzilishi, xavfda bo‘lsa, omon bo‘lishi, kofir bo‘lsa, musulmon bo‘lishiga dalildir. Agar bo‘ynini uzgan odam tanish bo‘lsa, aytilgan narsalar o‘sha tanish orqali unga yetadi.
Agar bo‘ynini uzuvchi bola bo‘lib, balog‘atga yetmagan bo‘lsa, bo‘yni uzilgan odam bemor bo‘lsa, o‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida bo‘yniga urgan odam tandurust, ozod va badavlat bo‘lsa, baxtiyorlikdan badbaxtlikka tushishi, molu davlati yo‘q bo‘lishi, kambag‘allanguvi va oxiri halok bo‘lishiga dalildir. Tushda boshni tandan judo qilish kambag‘allar va qiyinchilikda qolganlar uchun yaxshi bo‘ladi, badavlat kishilar va molu ne’mat egalariga yomon bo‘ladi.