Tushda baqqollik qilmoq | Тушда баколлик килмок

B

BAQQOLLIK QILMOQ (BAQQOLIY KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tutnda baqqollik qilmoq ishlarda jiddu jahd qilmoqni va maishat uchun biror narsani hosil qilmoqni bildiradi. Agar baqqollik qilayotganini ko‘rsa, dunyo molu matosidan unga hosil bo‘lishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, baqqollik mollarini oltin tanga va pulga sotayotganini ko‘rsa, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi. Chunki oltin tanga va pul g‘am va anduhga ta’bir qilinadi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadilarki, tushda baqqollik qilmoq uch narsaga dalildir: kasb qilmoqqa; foyda topmoqqa; bordi-yu baqqollik mollarini oltinu diramga sotayotgan bo‘lsa, g‘amu anduhni bildiradi.